Telegram kanallar uchun
Kanalingiz tarixini onlayn asarga aylantiring
Osor kanalingizning butun tarixini o‘z domeningizdagi saytga aylantiradi. Har bir post o‘qib chiqiladi va mavzu, shaxs va idoralar bo‘yicha teglanadi. Kuzatuvchilar esa qidiradi, filtrlaydi va postlar bo‘yicha savol beradi.
Namuna: the-bakiroo.uz
Farqi nimada
Kanal — lenta. Osor — kitob.
Telegramda post bir necha kun o‘qiladi, keyin lentada pastga tushib ketadi. Osorda esa kanalingizning butun tarixi — mundarijasi, ko‘rsatkichi va boblari bo‘lgan yaxlit asar. Bu xuddi shuncha yil yozganingizni kitob qilib chiqargandek.
Telegramdagi kanal
- Post ikki-uch kun yashaydi, keyin lentada ko‘milib ketadi.
- Uch yil oldingi postni topish uchun oylab varaqlash kerak.
- Google ham, obuna bo‘lmagan odam ham topa olmaydi.
- Mavzular, shaxslar, syujetlar — hech qanday tartib yo‘q.
Osordagi sayt
- Har bir post — doimiy manzilli alohida sahifa.
- Mundarija: mavzular va shaxslar bo‘yicha ko‘rsatkich.
- Boblar: bir-birini davom ettirgan postlar syujet bo‘lib yig‘iladi.
- Qidiruv tizimlari topadi, o‘quvchi savol berib javob oladi.
Kuzatuvchilar uchun
Postlaringiz o‘qiladigan bo‘ladi

O‘z domeningizda sayt
Har bir post alohida sahifa: rasmlar, havolalar, reaksiyalar bilan. Qidiruv tizimlari ham topadi.
Namunada ochishthe-bakiroo.uz/posts
Mavzu va shaxslar ko‘rsatkichi
Sun’iy intellekt har bir postni o‘qiydi: kimlar, qaysi idoralar, qaysi mavzular. Hammasi teg sahifalariga yig‘iladi.
Namunada ochishthe-bakiroo.uz/tags
Lotin, kirill va rus tilida qidiruv
«Toshkent» deb yozsangiz, «Тошкент» haqidagi postlar ham chiqadi. Davr, tur va mavzu bo‘yicha filtrlar bor.
Namunada ochishthe-bakiroo.uz/search?q=Toshkent
Kanalga savol berish
Kuzatuvchi savol beradi, javob kanal postlariga havolalar bilan keladi. O‘ylab topilgan narsa bo‘lmaydi.
Namunada ochishthe-bakiroo.uz/chat
Xarita va syujetlar
Mavzular bir-biriga qanday bog‘langani xaritada, bir-birini davom ettirgan postlar esa syujet bo‘lib ko‘rinadi.
Namunada ochishthe-bakiroo.uz/graph
Chuqur statistika
Qachon yozadi, nima haqida ko‘p yozadi, qaysi manbalarga tayanadi — hammasi bir sahifada.
Namunada ochishthe-bakiroo.uz
Bloger uchun
Studiya: hammasi bir joyda

G‘oyalar doskasi
Mavzularni yig‘ing, qaysi biri qoralamada, qaysi biri rejada — ko‘rib turing.
Namunada ochishthe-bakiroo.uz/studio/ideas
O‘z uslubingizda qoralama
Yordamchi uslubingizni ham, faktlarni ham avvalgi postlaringizdan oladi.
Namunada ochishthe-bakiroo.uz/studio/drafts
Postlaringiz bo‘yicha tadqiqot
«Bu haqda qachon yozgan edim?» — javob manbalari bilan.
Namunada ochishthe-bakiroo.uz/studio/research
Rejalashtirib nashr qilish
Post kanalingiz boti orqali siz belgilagan vaqtda chiqadi.
Namunada ochishthe-bakiroo.uz/studio
Studiya faqat kanal egasiga ochiq — bu havolalar Telegram orqali kirishni so‘raydi.
Narxlar
Import — pullik, hosting — bepul*
Kanal havolasini yuborasiz — biz hajmini o‘lchab, narxni darhol ko‘rsatamiz. Bu narx asosan sun’iy intellekt xarajati: har bir post o‘qib chiqiladi, teglanadi va indekslanadi (masalan, 1,000 ta post ≈ 122 000 so‘m). Saytni joylash — hosting — esa mutlaqo bepul*.
Kanalim narxini ko‘rishQanday ulanadi
Uch qadam
- 1
Narxni ko‘ring
Kanal username’ini yozing — import narxini shu yerda ko‘rasiz. Keyin adminga yozing.
- 2
Postlarni o‘qiymiz
Butun tarix import qilinadi, indekslanadi va teglanadi.
- 3
Sayt ishga tushadi
O‘z domeningizda: kuzatuvchilar uchun sayt, siz uchun studiya.
Kanalingizni ulaymizmi?
Kanal username’ini yozing — hajmi va narxi bir sahifada, kirishsiz.